Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi koʻp qavatli uylarni qurish uchun sifatsiz gʻisht mahsuloti olib kelingani haqida videolavha tarqaldi. Videoda pishgan gʻisht mahsuloti yaroqsizligi aytilgan.
“Loydek maydalanib ketyapti. Istalganini olib koʻring, ikkiga emas, titilib, mayda boʻlib ketyapti. Qoʻl bilan ushlab silkitilsa, titilib ketyapti”, – deydi video muallifi.
Holat yuzasidan Qurilish vazirligi matbuot xizmati izoh berdi.
“Toshkent shahar Yashnobod tumani Oʻsh koʻchasida joylashgan koʻp qavatli turar joy binolarining qurilishi Vazirlar Mahkamasining ʻQurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisidaʻgi qarori bandlariga zid ravishda Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyani xabardor qilmagan holda amalga oshirilgan”, – deyiladi vazirlik axborotida. Lekin masʼul idora qurilish ishlari reglamentning aynan qaysi bandlariga zid olib borilganiga aniqlik kiritmagan.
Taʼkidlanishicha, qurilish firmasiga inspeksiya tomonidan Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 99-moddasi 7-qismi (Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurishga, rekonstruksiya qilishga va kapital taʼmirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda shunday ishlarni amalga oshirish – fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi) bilan chora koʻrilgan.
Mazkur qurilish obyektida 2022-yilning avgust oyi oxirlarida “Ohangaron sof gʻishtlari” MCHJ tomonidan olib kelingan gʻisht mahsuloti sifatsiz ekanligi aniqlangan. Qurilish ishlariga yaroqsiz boʻlganligi uchun gʻishtdan foydalanilmagan.
Vazirlikning qoʻshimcha qilishicha, hozirgi kunda Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan “Ohangaron sof gʻishtlari” MCHJ korxonasiga nisbatan chora koʻrilmoqda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q