Siyosat
Bugun, 8-sentabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisining oʻrinbosari Galina Karelovani qabul qildi. Galina Karelova parlamentlar ayol rahbarlarining xalqaro sammitida ishtirok etish uchun Toshkentda boʻlib turibdi.
Rossiya parlamenti rahbarining oʻrinbosari Oʻzbekiston yetakchisiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenkoning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Davlat rahbari Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida keyingi yillarda yuksak darajaga erishilganini, koʻp qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.
Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga ikki mamlakat parlamentlarining yaqin va samarali aloqalari faol hissa qoʻshmoqda.
Bunday sermahsul muloqotlarni, shu jumladan koʻp tomonlama tuzilmalar - Parlamentlararo ittifoq va MDH Parlamentlararo assambleyasi doirasida davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q