Bu yil qancha bola 1-sinfda oʻqishni boshladi?

Saqlash
20:07 / 05.09.2022 939 0

Bugun, 5-sentabr kuni Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi 10 085 ta maktabda 2022/2023 oʻquv yili darslari boshlandi.

 

Joriy oʻquv yilida 702 000 nafar bolalar umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi. Ularga 12 turdagi oʻquv qurollari, maktab sumkasi va darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovgʻalari topshirildi.

 

 

Aytish lozimki, maktablarda tahsil olayotgan 6 469 737 nafar oʻquvchi ishtirokida tashkil etilayotgan “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirlarida mahalliy hokimliklar hamda keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, oʻquvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

 

 

Mazkur “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirlari “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida tashkil etilib, unda xalq ardogʻidagi insonlar, maktablarning koʻzga koʻringan bitiruvchilari hamda davlat idoralari rahbarlari qatnashdi.

 

 

Shuningdek, respublikadagi barcha umumtaʼlim maktablarida 2022/2023 oʻquv yilining birinchi dars soati – “Mustaqil darslari” oʻtkazildi. Ushbu darslarda istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar, yoshlar tomonidan qoʻlga kiritilgan katta gʻalabalar hamda milliy tarixning yorqin lavhalari haqida soʻz yuritildi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//