Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlari va kasblarni moslashtirish tavsiyalari tasdiqlandi

Saqlash
20:05 / 05.09.2022 660 0

Hukumat qarori bilan nogironligi boʻlgan shaxslar faoliyat yuritishi uchun ish oʻrinlari va kasblarni moslashtirish boʻyicha tavsiyalar tasdiqlandi.

 

Tavsiyalar barcha tashkilotlarda faoliyat yurituvchi nogironlar mehnat munosabatlariga tatbiq etiladi. Tavsiyalar nogironlar maxsus yaratilgan ish joylari jihozlanishiga nisbatan belgilanadi.

 

Koʻzi ojizlar uchun maxsus ish joylari jihozlanishiga quyidagilar tavsiya etiladi: 

 

– binolarda, har xil inshootlarda, kirish joylarida, kommunikatsiya xonalarida, maʼmuriyat, madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish joylarida, ish joylarida, tibbiy xizmat koʻrsatish xonalarida, sanitariya-maishiy xonalarda hammaboplikni, xavfsizlikni, hayot faoliyatiga mos keladigan meʼyoriy sharoitlarini taʼminlash;

– koʻzi ojiz nogironligi boʻlgan shaxslar toʻsqinliksiz oʻz ish joyini topishi va mehnat funksiyalari bajarilishini taʼminlaydigan tiflotexnik belgilar va tuzilmalar bilan maxsus ish joyini jihozlash;

– qoʻshimcha periferiyali jihozlar va funksional maqsadli elektron tiflotexnik vositalar yordamida vizual maʼlumotga ovoz berish va koʻrish nazoratisiz mehnatni bajarish imkoniyatini taʼminlash;

– maxsus ish joyini yozuv uchun boʻrtma – naqsh-nuqtali va yassi bosmali harflar, toshqalam, daftarlar va yon daftarchalar, Brayl yozuvi uchun bosmali harf, tovushni yozuvchi va tovushni qaytadan tiklovchi asbob-uskunalar bilan jihozlash;

– kompyuterda ishlashga moʻljallangan ish joyini yirik boʻrtma – naqsh keskin farq qiladigan (kontrast) bosmali harf va Brayl bosmali harf (Brayl displey va Brayl klaviaturasi) bilan taʼminlash;

– maxsus asbob-uskunali va dasturli vositalar, moslashtirilgan taktil displey va audiodispley (nutq sintezatori) yordamida monitor ekranida vizual maʼlumotga ovoz berish imkonini yaratish.

 

Eshitish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus ish joylarini bajarilayotgan mehnat funksiyasini hisobga olgan holda, tovush kuchaytiradigan asbob-uskunalar va ovoz chiqaruvchi telefonlar bilan taʼminlash tavsiya etiladi.

 

Qaror bilan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun tavsiya etilgan ishchi kasblar va xizmat lavozimlari namunaviy roʻyxati (klassifikatori) va nogironligi boʻlgan shaxslar faoliyat yuritishi mumkin boʻlgan kasblar va lavozimlar roʻyxati hamda mehnat sharoitlari boʻyicha tavsiyalar tasdiqlandi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//