Samarqandda yana bir institut tashkil etiladi va Buxoroda filiali ochiladi

Saqlash
14:00 / 05.09.2022 764 0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-avgustdagi 485-son qarori bilan Yaxyo Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti va uning Buxoro filiali faoliyati tashkil etildi hamda Fanlar akademiyasidan Madaniy meros agentligi tuzilmasiga oʻtkazildi.

 

Institutning vazifalari:


- Qadimgi tosh asridan boshlab rivojlangan oʻrta asrlarni oʻz ichiga olgan Markaziy Osiyoning moddiy va maʼnaviy madaniyati tarixini oʻrganish borasida fundamental tadqiqotlar olib boorish;


- Tadqiq etiladigan davrlar madaniyatlari xronologiyasini va davrlashtirilishini ishlab chiqish;


- Oʻzbekiston hududining ibtidoiy odamlar tomonidan oʻzlashtirilishini, sivilizatsiyaning shakllantirilishini, ilk shaharlar davlatchilik, qadimgi jamiyatlar dunyoqarashini, jahon dinlari paydo boʻlishini va rivojlanishini, savdo-sotiq munosabatlari va “Buyuk ipak yoʻli” tarixini oʻrganish;


- Hunarmandchilik, metallurgiya va kon ishi, arxeologik yodgorliklarni aniqlash, arxeologik tadqiqotlar olib borish, xaritaga tushirish va ilmiy muomilaga kiritish;


- Respublika hududidagi noyob arxeologik yodgorliklarni ochiq osmon ostidagi muzeylarga aylantirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;


- Arxeologik topilmalarni taʼmirlash uslubi va qadimiy texnologik usullarni tiklash hamda ushbu yoʻnalishda vakolatli organ tomonidan berilgan tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan arxeologiya tadqiqotlarini jalb qilish;


- Arxeologiya sohasida ilmiy kadrlar tayyorlash, Institutning ilmiy yoʻnalishlaridan kelib chiqib, jahon ilm-fani yutuqlarini oʻrganish, ulardan foydalanishni hamda mahalliy va xalqaro miqyosda qoʻshma tadqiqotlar tashkil etishdan iborat.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//