Madaniyat
Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasida ayni vaqtda restavratsiya ishlari olib borilmoqda. Tegishli tashkilotlar tomonidan ushbu yodgorlikda restavratsiya ishlarini bajarish maqsadida ilmiy asoslangan xulosalar asosida loyiha takliflari ishlab chiqilgan hamda Madaniy meros Agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashida maʼqullangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-yilda turizm va madaniy meros obektlari infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 110-son qaroriga asosan Amir Temur majmuasidagi gumbaz va devor old qismi, galereyaning pol qismlari va peshtoq mukarnaslarini qayta taʼmirlash uchun 3 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.
Hozirda taʼmirlash jarayonlari yakuniy bosqichda.
Eslatib oʻtamiz Amir Temur maqbarasini restavratsiya qilish ishlari bundan yarim asrdan ziyod vaqt oldin, yaʼni 1941-yilda amalga oshirilgan boʻlib, 1996-yilda qisman taʼmirlash ishlari olib borilgan.
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
112117
Jamiyat
94800
Jamiyat
90847
Jamiyat
75644
Jamiyat
//
Izoh yo‘q