Kaliforniya shtatida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari bir yarim asrlik tarixga ega Grinvill shahrini vayron qildi

Saqlash
10:08 / 06.08.2021 883 0

XIX asrning o‘rtalarida asos solingan 150 yillik tarixga ega Grinvill shahri AQSHning Kaliforniya shtatida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari sabab vayronaga aylandi. Bu haqda usa.com nashri xabar berdi. Xabarga ko'ra, 5-avgust kuni tunda yong‘inlar ko‘lami Grinvillga yetib kelgan va ikki soat ichida shaharni vayronaga aylantirgan.

Shaharda 100 yildan ko‘proq vaqt oldin qurilgan binolar saqlanib qolgan. Mahalliy aholining ta’kidlanishicha, yong‘in 60 dan ortiq binolarni vayron qilgan, yana 12 000 dan ortiq binolarga zarar yetishi xavfi ostida. Kaliforniya O‘rmon xo‘jaligi va yong‘indan himoya qilish boshqarmasi "Diksi" yong‘inlari 112.5 ming gektardan ortiq maydonni qamrab olganini ma'lum qilgan. Hozirgacha hududdagi yong'inning 35 foizini o‘chirish imkoni bo‘lgan, 13-avgustgacha olovni butunlay bartaraf etish rejalashtirilgan. So'nggi ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, shaharda 1.1 mingdan ortiq aholi yashagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish