Vashingtonda 1-sentabr O‘zbekiston mustaqilligi kuni deb e’lon qilindi

Saqlash
02:49 / 02.09.2022 1061 0

O‘zbekistondagi AQSH elchixonasining xabar qilishicha, Vashington meri Muriel Bouzer O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligini nishonlash sharafiga maxsus dekloratsiyani imzoladi. Unga ko‘ra, 2022-yilning 1-sentabr kuni Vashingtonda O‘zbekiston mustaqilligi kuni deb e’lon qilindi.

 

Hujjatda ta’kidlanganidek, Kolumbiya okrugi O‘zbekiston Mustaqillik kunini muhim bayram sifatida nishonlaydi va bu bayram konsertlar, paradlar va marosimlar bilan birga o‘tkaziladi. Mer M.Bauzer AQSH poytaxti o‘zbek xalqining boy madaniyati va an’analarini qadrlashini alohida ta’kidladi.

 

Deklaratsiyada qayd etilishicha, “O‘zbekiston elchixonasi 1993-yilda ochilganidan buyon ikki tomonlama O‘zbekiston-Amerika munosabatlariga yangi dinamizm olib kirishda muhim yutuqlarga erishdi va Vashingtondagi diplomatik hamjamiyatning faol va ajralmas qismiga aylandi”.

 

Eslatib o‘tamiz, AQSH poytaxti Vashington shtatlarning birortasiga kirmaydigan mustaqil hudud bo‘lib, 1791-yilda tashkil etilgan va Amerikaning birinchi prezidenti Jorj Vashington nomi bilan atalgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//