Siyosat
Ozarbayjonning bosh axborot agentligi – “AzerTAJ” yozishicha, bugun mamlakat Prezidenti Ilhom Aliyev bir qator hamyurtlarimizni “Dostlug” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjatga imzo chekdi.
Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi madaniy rishtalarni mustahkamlashga munosib hissa qoʻshgani munosabati bilan taqdirlanganlar orasida mamlakatimizning koʻzga koʻringan madaniyat namoyandalari Hoshimjon Ismoilov (Oʻzbekiston xalq artisti, mashhur sozanda Abduhoshim Ismoilov), Nasirli Ali Geydar oglu (Toshkentdagi Ozarbayjon madaniy markazi faoli, sirdaryolik ozar shoir Ali Nosirli) hamda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Kamoliddin Oʻrinboyev qayd etilgan.
Shuningdek, “Trend” nashri Oʻzbekiston xalq artisti, ozar tilida oʻnlab qoʻshiqlarni mahorat bilan ijro etgan Nasiba Abdullayeva Ozarbayjon xalq artisti yuksak unvoniga loyiq koʻrilgani haqida xabar berdi.
Sport
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
112418
Jamiyat
95077
Jamiyat
91294
Jamiyat
75992
Jamiyat
//
Izoh yo‘q