Siyosat
Bosh prokuratura tomonidan Qoraqalpogʻistonda boʻlib oʻtgan voqealarni mustaqil ravishda oʻrganayotgan Komissiya aʼzolari taklifi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi iltimosnomasiga koʻra, 24 nafar gumonlanuvchini jamoat kafilligi asosida oʻz oilasiga qaytarildi. Bu haqida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ularga nisbatan belgilangan qamoq ehtiyot chorasi insonparvarlik tamoyili asosida jamoatchilik nazorati va uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirilgan.
Bunda ushbu fuqarolarning Qoraqalpogʻistonda boʻlib oʻtgan voqealarda sodir etgan qilmishlaridan pushaymon ekani, qaramogʻida voyaga yetmagan farzandlari borligi, shuningdek, oilaviy sharoiti ogʻirligi, baʼzi shaxslarning oilada yolgʻiz boquvchi boʻlgani eʼtiborga olingan.
Foto: Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili
Avvalroq Qoraqalpogʻistonda boʻlib oʻtgan voqealarni mustaqil ravishda oʻrganayotgan komissiya tomonidan sodir etgan qilmishidan pushaymon boʻlgan fuqarolar roʻyxati shakllantirilgandi. Yakkama-yakka shaklda oʻtkazilgan suhbat davomida ular vaziyatni yaxshi anglamagan holda yolgʻon axborotlar taʼsiriga tushib qolishganini va sodir etgan qilmishiga chin koʻngildan pushaymon ekanligini bildirgan.
Mustabid saltanat 1924-yildayoq Olmoniyadagi talabalardan SSSRga qaytishni talab qildi. Vatanga qaytganlarning aksari keyinroq – 1937-yilda “josus” sifatida otib tashlandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q