Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan bir guruh chet el fuqarolarini mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.
Davlatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, taʼlim, ilm-fan va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga qoʻshayotgan katta hissasi, yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va ulkan demokratik oʻzgarishlarni, Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilayotgan global va mintaqaviy tashabbuslarni faol qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, xalqlarimiz orasidagi doʻstlik va hamjihatlik rishtalarini tobora mustahkamlash, uzoq muddatli va keng qamrovli munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarish borasidagi samarali faoliyati uchun quyidagilar “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi:
1. Fuat Oktay — Turkiya Respublikasi Vitse-Prezidenti
2. Manturov Denis Valentinovich — Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi oʻrinbosari – sanoat va savdo vaziri
3. Xolid Abdulaziz al-Falih — Saudiya Arabistoni Podshohligi Investitsiyalar vaziri
4. Muhammad bin Abdulla al-Gargaviy — Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari boʻyicha vaziri
5. Lyuk Devin — Yevropa tashqi aloqalar xizmati Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha boshqaruvchi direktori oʻrinbosari
6. Van Yanchji — Ipak Yoʻli Jamgʻarmasi prezidenti – Direktorlar kengashi ijrochi direktori (Xitoy Xalq Respublikasi)
7. Deniyel Rozenblyum — AQSHning Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
8. Guliyev Guseyn Rzagulu oʻgʻli — Ozarbayjon Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
9. Chernikova Alevtina Anatolyevna — Rossiya Federatsiyasining “MISiS” milliy texnologik tadqiqotlar universiteti rektori
10. Malыshev Vladimir Sergeyevich — Butunrossiya davlat kinematografiya instituti rektori
11. Tregulova Zelfira Ismailovna — Tretyakov Davlat galereyasi Bosh direktori (Rossiya Federatsiyasi)
12. Ziyadullayev Nabi Saidkarimovich — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy maslahatchisi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q