Niagara sharsharasi Oʻzbekiston bayrogʻi ranglariga burkanadi

Saqlash
15:08 / 29.08.2022 1136 0

1-sentyabr kuni AQSH va Kanada chegarasida joylashgan dunyoga mashhur Niagara sharsharasi Oʻzbekiston mustaqilligining 31 yilligi sharafiga respublika milliy bayrogʻi ranglariga burkanadi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

 

Oʻzbekistonning AQSH va Kanadagi (qarorgohi Vashingtonda) elchixonasi maʼlumotiga koʻra, gʻarbiy yarim shar eng katta sharsharasining Oʻzbekiston bayrogʻi ranglariga bezanishini 31-avgust kuni mahalliy vaqt bilan 22:30 da (1-sentyabr Toshkent vaqti bilan 07:30 da) jonli efirda quyidagi ilovada tomosha qilish mumkin: www.earthcam.com/canada/niagarafalls/?cam=niagarafalls_str.

 

Niagara sharsharasining Oʻzbekiston bayrogʻi tusiga kirishi 15 daqiqa davom etadi.

 

Niagara Shimoliy Amerikada eng mashhur sharshara va eng yirik sayyohlik hududi hisoblanadi. Sharsharani koʻrish uchun har yili butun dunyodan millionlab sayyohlar keladi.

 

Sharshara kengligi 792 metr, balandligi esa 53,6 metrni tashkil etadi. Undan tushayotgan suv hajmi sekundiga 2,2 million kubometrga teng. Niagara sharsharasini tunda yoritish uchun 1,4 mingta yoritgichdan foydalaniladi. Ular birgalikda 16 milliondan ortiq rangda turli kompozitsiyalarni tashkil etish imkoniyatiga ega.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish