Iqtisod
Qoraqalpogʻiston tadbirkorlariga eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sotib olingan xomashyolarni tashish xarajatlarining 70 foizi qoplab beriladi. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev aytib oʻtdi.
Qoraqalpogʻistonda sanoat loyihalarini koʻpaytirish maqsadida mutasaddilarga:
• Investorlarga koʻmak markazini tashkil etish, unda qoraqalpogʻistonlik tadbirkorlarga loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, subsidiya, kredit va kompensatsiya olish, mahsulotiga bozor topishga koʻmaklashish boʻyicha bepul xizmatlar koʻrsatish;
• Investorlarga koʻmak markazi qoshida Nukus shahridagi 10 gektar yer maydonida Sanoat texnoparkini tashkil etish;
• Kegeyli va Xoʻjayli tumanlarida Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil qilish;
• besh yil muddatga faqat Qoraqalpogʻiston tadbirkorlariga eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sotib olingan xomashyolarni, mamlakatimiz boʻylab tashishda 70 foiz transport xarajatlarini qoplab berish tizimini yoʻlga qoʻyish va boshqa topshiriqlar berildi.
Davlat rahbari Qoraoʻzakda mis ishlab chiqarish, Qoʻngʻirotda yangi kaustik soda va boshqa kimyoviy moddalar ishlab chiqarish zavodlarini qurish kabi yirik loyihalarni qoʻllab-quvvatladi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q