Qoraqalpogʻistonda foyda soligʻi 50 foizga kamaytiriladi

Saqlash
15:08 / 26.08.2022 618 0

Qoraqalpogʻistonda foyda soligʻi stavkasi 50 foizga pasaytirilib, 7,5 foiz etib belgilanadi. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev Joʻqorgʻi Kengesning Nukusda oʻtayotgan navbatdan tashqari yigʻilishidagi nutqida aytib oʻtdi.

 

Prezident mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga Qoraqalpogʻistonda qoʻshimcha imtiyoz va yengilliklar berish boʻyicha aniq topshiriqlar berdi. Jumladan, Qoraqalpogʻistonda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida:

 

• hudud uchun foyda soligʻi stavkasini 15 foizdan 7,5 foizga tushirish;

 

• aylanma soliq stavkasini Nukus shahrida 4 foizdan 2 foizga, tumanlarda 2 foizdan 1 foizga, olis hududlarda esa 1 foizdan 0,5 foizga pasaytirish;

 

• mol-mulk va yer soligʻi stavkalarini 2 baravarga kamaytirish boʻyicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

 

Bundan tashqari, joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun rejadagi 650 milliard soʻmga qoʻshimcha ravishda 200 milliard soʻm ajratiladi.

 

Agrar sohadagi masalalarni hal qilish boʻyicha:

 

• yil yakuniga qadar 6 ming 620 gektar, kelgusi yilda 6 ming gektar paxta va gʻalla yerlarini qisqartirib, aholiga ijaraga berishni yoʻlga qoʻyish;

 

• ekin ekish xarajatlari uchun fermerlarga 200 milliard soʻm va dehqonlarga 50 milliard soʻm ajratish;

 

• suv taʼminotini yaxshilash maqsadida har bir quduqni burgʻilash va ishga tushirish uchun 15 million soʻmgacha subsidiya ajratish va boshqa moliyaviy koʻmak boʻyicha topshiriqlar berildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish