Siyosat
2023-yil 1-yanvardan boshlab I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga pensiya tayinlangandan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega boʻlsa, ish staji va ish haqini hisobga olgan holda hamda kelgusida har 2 yilda nogironlik pensiya miqdorlarini qayta hisoblash amaliyoti joriy etiladi.
Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida koʻrib chiqilib, birinchi oʻqishda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasida belgilanmoqda.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyingi ish vaqti yoshga doir yoki boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlanayotganida stajga qoʻshib hisoblanadi. Bunda, nogironlik pensiyasi olayotgan fuqaro pensiya yoshiga yetganda yoki boquvchisini yoʻqotganda nogironlik pensiyasini olishni davom ettirsa (boshqa pensiya turiga oʻtmasa), I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyingi ish vaqtini qoʻshib nogironlik pensiyasi qayta hisoblanmaydi.
Qonun loyihasiga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga pensiya tayinlangandan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega boʻlsa, ish staji va ish haqini hisobga olgan holda hamda kelgusida har 2 yilda nogironlik pensiya miqdorlarini qayta hisoblash amaliyoti joriy etiladi.
Deputatlarning taʼkidlashicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi amaliyotda qoʻllashda yuzaga kelayotgan turli xil yondashuvlarning oldini olish, korrupsiogen faktorlarni keltirib chiqaruvchi holatlarga barham berish, ijtimoiy adolat tamoyilidan kelib chiqib, nogironligi boʻlgan shaxslarning daromadini oshirishga xizmat qiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q