Siyosat
Qoraqalpogʻistonlik yoshlarga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun 7 mingga yaqin alohida kvota ajratiladi. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida respublika parlamenti raisi nomzodining taklifidan kelib chiqib, shunday koʻrsatma berdi.
Prezident mutasaddilarga:
• Qoraqalpogʻistondagi yosh tadbirkorlarga 7 yilgacha muddatga imtiyozli shartlarda ssudalar ajratishni yoʻlga qoʻyish;
• boʻsh turgan davlat obyektlarida yoshlar va xotin-qizlarni xorijiy tillar va IT sohasiga oʻqitish kurslarini tashkil etish imkoniyatini yaratish, ushbu obyektlarni tadbirkorlarga 5 yilgacha bepul foydalanishga berish;
• Qoʻngʻirot, Nukus va Chimboy tumanlarida 4 ta “Ishga marhamat” mono-markazlarini tashkil etish;
• faqat Qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun mamlakatimizdagi barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etish;
• Qoraqalpogʻistondagi ehtiyojdan kelib chiqib, ekologiya, qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya, qurilish sohalarida tayanch doktoranturada qoʻshimcha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyishga topshiriq berdi.
Sport
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
112418
Jamiyat
95077
Jamiyat
91294
Jamiyat
75992
Jamiyat
//
Izoh yo‘q