Ilm-fan
AQSHning Texas shtatidagi kuchli qurgʻoqchilik tadqiqotchilarga ilgari nomaʼlum boʻlgan dinozavr izlarini topish imkonini berdi. “USA Today” nashriga koʻra, dinozavrlar 113 million yil avval yashagan.
Bu kashfiyot “Dinozavrlar vodiysi” davlat bogʻida qilingan. Bogʻda erta boʻr davrining choʻkindi jinslari mavjud boʻlib, ularda qadimgi mavjudotlarning koʻplab izlari saqlanib qolgan.
Paluksi daryosi qirgʻogʻida yangi oyoq izlari zanjiri koʻzga tashlangan. Ilgari ular suv ostida boʻlgan. Qurgʻoqchilik sabab izlar yuzaga chiqqan.
Paleontologlar izlarni tekshirib, ularning Akrokantozavrga tegishli ekanligini aniqlashdi. Bu dinozavr yirtqich boʻlgan va ikki orqa oyoqda harakatlangan. Kattalarining boʻyi olti metrga va vazni etti tonnagacha boʻlgan. Olimlarning taʼkidlashicha, bu biroz avval paydo boʻlgan boʻlsa-da, tur tiranozavrlarga oʻxshaydi. Akrokantozavrlar uch barmoqli oyoq izlarini qoldirgan.
Yirtqichning izlari yonida mutaxassislar uzunligi 18-21 metr va ogʻirligi 400 tonnaga yetgan oʻtxoʻr gigant Sauroposeydon protellarining izlarini ham payqashdi. Olimlarning taʼkidlashicha, akrokantozavrlar bu jonzotlarni ovlagan. Shuningdek, asosan kasal, jarohatlangan, zaiflashgan hayvonlar bilan oziqlangan.
Daryo qirgʻogʻida hali boshqa oyoq izlari ham topildi. Biroq ular haqida maʼlumot mavjud emas. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, boʻr davrida ushbu bogʻning hududi ulkan ichki dengizning sayoz qismida joylashgan. Dinozavrlar qirgʻoqdagi qalin yopishqoq loydan oʻtishgan va u qattiqlashganda, oʻn millionlab yillar davomida ularning izlarini saqlab qolgan.
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q