Siyosat
25-avgust kuni tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Moʻgʻulistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi (qarorgohi Nur-Sulton shahrida) etib tayinlangan Dorj Bayarxuuni qabul qildi. Bu haqida TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv elchining V.Norovga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bilan boshlandi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Moʻgʻuliston hamkorligining bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Konstruktiv siyosiy muloqotni faollashtirishga tomonlarning oʻzaro tayyorligi taʼkidlandi. Oʻzaro hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish, parlamentlararo diplomatiyani rivojlantirish va TIVlararo maslahatlashuvlarni oʻtkazish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q