Siyosat
Hukumatning joriy yil 22-avgustdagi tegishli qarori bilan Boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlab yoki xatlab qoʻyilgan mol-mulklar elektron maʼlumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Qarorga koʻra, 2022-yil 1-oktyabrdan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlab (xatlab) qoʻyilganligi, shuningdek taqiqlab (xatlab) qoʻyish bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar banki joriy etiladi.
Maʼlumotlarni elektron maʼlumotlar bankiga kiritishda:
Elektron maʼlumotlar banki davlat tilida shakllantiriladi va yuritiladi.
Notarius elektron maʼlumotlar banki orqali mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab qoʻyishi va taqiqni bekor qilishi mumkin.
Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab yoki xatlab qoʻyish, shuningdek, uni bekor qilishda toʻlov undirilmaydi.
Murojaatga asosan elektron maʼlumotlar bankida mavjud maʼlumotlar notarius va (yoki) notarial arxiv mudiri tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali yoxud E-notarius.uz axborot portali orqali taqdim etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q