Siyosat
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bugun, 24-avgustdagi majlisida ayni kunlarda “Namangan shahrida «Yangi Namangan shaharchasi” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori ijrosi boʻyicha aholi turmush darajasi sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish hamda aholi bandligini taʼminlash borasida ishlar olib borilayotgani taʼkidlandi.
Shuningdek, 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasida Namangan shahrini istiqbolda “bir millionlik shahar”ga, yaʼni megapolisga aylantirish, xalqaro zamonaviy brendlar va yirik kompaniyalarning shaharga kirib kelishi, urbanizatsiya jarayonlari sezilarli darajada tezlashishi, shaharning “aqlli shahar” konsepsiyasi asosida boshqarish tizimi yaratilishi koʻzda tutilgan. Qolaversa, Namangan shahrida bir yilda aholining oʻrtacha oʻsishi 30,3 ming kishini tashkil etishi hisobga olingan holda 2040-yilga kelib aholi soni tabiiy ravishda 1,2 mln. kishiga yetishi prognoz qilinmoqda.
Shu bois “Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumani va Namangan shahri Davlatobod tumanining, shuningdek, Namangan shahrining chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarori loyihasi bilan Namangan shahrini “millionli shahar”ga aylantirish maqsadida unga chegaradosh boʻlgan Toʻraqoʻrgʻon tumanidan 472,4 gektar yer maydonini qoʻshib berish, hududda “Yangi Namangan shaharchasi” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini tashkil etish koʻzda tutilmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu qarorning qabul qilinishi aholini munosib ish oʻrinlari bilan taʼminlash maqsadida shahardagi mavjud savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarida, shuningdek maydoni 164,2 gektar boʻlgan 4 ta kichik sanoat zonasida 41,0 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlarining yaratilishiga erishiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q