Siyosat
Xorazm viloyatida 2 ta shahar va 5 ta tuman hokimlari hayfsan jazosini oldi. Bu viloyat hokimining 23-avgust kungi farmoyishida belgilangan.
Viloyat hokimi farmoyishiga koʻra, faoliyati davomida “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari ajratish orqali aholining uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Preizdent farmoni ijrosini belgilangan muddatda taʼminlamasdan masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygani, uy-joy sotib olish uchun ijobiy xulosa olgan 92 nafar fuqaroga amaliy yordam bermagani, avgust oyida subsidiya ajratish muddati oʻtib ketishiga yoʻl qoʻygani uchun, Mehnat kodeksining 181-moddasi 2-bandiga asosan:
– Urganch shahar hokimi Xolboyev Oybek Madaminovichga;
– Xiva shahar hokimi Davletov Temur Ismoilovichga;
– Bogʻot tumani hokimi Yaxshibayev Shavkat Qurambayevichga;
– Hazorasp tumani hokimi Masharipov Uktam Rustamovichga;
– Urganch tumani hokimi Sharipov Frunze Ilxomovichga;
– Tuproqqalʼa tumani hokimi Salayev Alisher Roʻzmetovichga;
– Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Davletov Anvar Kenjayevichlarga “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllangan.
Bundan tashqari, hokimning boshqa bir farmoyishiga koʻra, Xorazm viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻi Achilov Murodjon Azamatovichga ham hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllangan.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110231
Jamiyat
94351
Jamiyat
90231
Jamiyat
73668
Jamiyat
//
Izoh yo‘q