Iqtisod
Prezident Savdo-sanoat palatasi va uning xududiy boʻlinmalarining faoliyati ham tubdan oʻzgarishini aytdi.
Bundan buyon, ular:
- tuman, shahar tadbirkorlarini birlashtirib, ularni qiynayotgan muammo va masalalarni aniqlash bilan amalda shugʻullanadi;
- har bir tuman va shaharda ilgʻor metodikalar asosida biznesga oʻqitish maktablarini tashkil qiladi;
- hokim va boshqa hududiy rahbarlarga koʻrib chiqishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish vakolatiga ega boʻladi;
- mahalliy Kengash va hokimlar bilan har oy kamida ikki marta tanqidiy muhokamalarni oʻtkazadi.
Shu bilan birga, Savdo-sanoat palatasining oʻziga ham:
- Hukumatga koʻrib chiqishi majburiy boʻlgan masala kiritish;
- tadbirkor manfaatini koʻzlab Oliy sudga ariza berish hamda iqtisodiy, maʼmuriy va jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini qayta koʻrib chiqish yuzasidan shikoyat kiritish vakolatlari beriladi.
Savdo-sanoat palatasi Hukumat boʻysunuvidan toʻliq chiqariladi.
Prezident matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, uchrashuvda aytilgan barcha takliflarni amalga oshirish uchun Prezident huzurida Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Jamoatchilik kengashi tuziladi.
Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbariga ikki hafta muddatda ushbu kengash ishini tashkil qilish topshirildi.
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Siyosat
109755
Jamiyat
94131
Jamiyat
89920
Jamiyat
73123
Jamiyat
//
Izoh yo‘q