Savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻliq bekor qilinadi

Saqlash
23:54 / 22.08.2022 756 0

Prezident tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik va jazo joriy etishga 3 yillik moratoriy eʼlon qilinishini aytdi. Shuningdek, endi har bir xatlovning asosli ekani sud tomonidan koʻrib chiqiladi, qarorni faqat sud qabul qiladi. 

 

Oʻzbekistonda tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy eʼlon qilinadi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida boʻlib oʻtayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda maʼlum qildi

 

Davlat rahbarining aytishicha, tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy eʼlon qilinadi. 

 

Shuningdek, tadbirkorlarga nisbatan majburiyatlar yuklaydigan yangi qonun hujjatlari qabul qilinganda, yoʻl qoʻygan xatosi uchun tadbirkorga 6 oy davomida jazo qoʻllanilmaydi.

 

Misol uchun, oʻtgan 3 yilda tergovchilar tomonidan aniqlangan zarardan ikki barobar koʻp mol-mulk xatlangan (1,5 trillion soʻm).

 

Endi har bir xatlovning asosli ekani sud tomonidan koʻrib chiqiladi, qarorni faqat sud qabul qiladi. 

 

“Oʻylaymanki, shundagina adolat boʻladi”, — dedi davlat rahbari.

 

Taʼkidlanishicha, savdo sohasida faoliyat koʻrsatadigan tadbirkorlarimizni qariyb 30 yildan beri qiynab keladigan muammo ham yechiladi, yaʼni savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻliq bekor qilinadi (Jinoyat kodeksining 189-moddasi).

 

«Birinchi marta xato qilgan kichik biznes vakillariga jazo chorasi qoʻllanilmaydi. Buning oʻrniga kamchiliklarni bartaraf etishga soliq idoralari koʻmakchi boʻladigan tizim joriy etiladi.

 

Jarimalar miqdori ham tadbirkorlarning toʻlayotgan soligʻidan oshib ketmasligi kerak» – degan Prezident.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//