Iqtisod
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda nutq soʻzlamoqda.
Prezidentning aytishicha, aylanmasi 1 milliard soʻmdan oshib, umumiy soliq toʻlash tartibiga oʻtgan korxonalar bir yil davomida foyda soligʻini 2 barobar kam toʻlaydi.
“Ushbu imkoniyatlar 370 ming tadbirkorga yengilliklar yaratadi va ularga juda katta stimul beradi”, – dedi davlat rahbari.
Prezident tez oʻsib borayotgan yuqori salohiyatli oʻrta korxonalar sonini hozirgi 3,5 mingtadan 10 mingtaga yetkazish zarurligini taʼkidladi.
Buning uchun, 2023-yil 1-yanvardan:
– kichikdan oʻrta biznesga oʻtgan korxonalar ikki yil davomida foyda soligʻining faqat 50 foizini toʻlaydi;
– mulkni sugʻurta qilish xarajatlarining 50 foizi davlat hisobidan qoplab beriladi;
– soddalashtirilgan soliq, moliyaviy va statistika hisobotlari joriy etiladi;
– davlat xaridlarida 20 foiz kvota oʻrnatilib, ushbu xaridlar doirasida ularga oldindan 50 foiz mablagʻ toʻlab beriladi (amalda 15 foiz).
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112416
Jamiyat
95075
Jamiyat
91289
Jamiyat
75986
Jamiyat
//
Izoh yo‘q