Jamiyat
Toshkent shahar Alisher Navoiy shoh koʻchasida olib borilayotgan yoʻl qurilishi ishlari sababli qator avtobus yoʻnalishlariga oʻzgartirish kiritildi.
Navoiy koʻchasining “Xadra maydoni” Furqat koʻchasidan “Chorsu maydoni” Beruniy va Samarqand darvoza koʻchalari bilan kesishmasigacha boʻlgan qismida avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Shu munosabat bilan 2022-yil 17-avgust kunidan boshlab:
8T, 23, 73, 109, 120, 123 va 188-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakati Zarqaynar koʻchasi orqali “Chorsu” metro bekati soʻnggi bekatigacha ikki taraflama;
42-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakati Saqichmon, Laytitoʻgʻon koʻchalari orqali “Gulobod koʻchasi” soʻnggi bekatigacha ikki taraflama;
5-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakati Beruniy, Laytitoʻgʻon koʻchalari orqali “Gulobod koʻchasi” soʻnggi bekatigacha ikki taraflama;
32, 47, 81, 103 va 126-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakati Furqat, I.Karimov, Qoratosh, Samarqand Darvoza, Beruniy, Laytitoʻgʻon koʻchalari orqali “Gulobod koʻchasi” soʻnggi bekatigacha ikki taraflama;
56 va 84-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakati Bunyodkor shoh, Qoratosh, Samarqand Darvoza, Beruniy, Laytitoʻgʻon koʻchalari orqali “Gulobod koʻchasi” soʻnggi bekatigacha ikki taraflama;
11, 100 va 118-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakati Furqat, I.Karimov, Qoratosh, Samarqand Darvoza, Beruniy koʻchalari orqali ikki taraflama;
44, 68, 89 va 115-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakati A.Navoiy, Furqat, I.Karimov, Qoratosh, Samarqand Darvoza, Beruniy, Laytitoʻgʻon koʻchalari orqali “Gulobod koʻchasi” soʻnggi bekatigacha ikki taraflama;
28, 29, 35, 64, 65-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakati A.Navoiy, Furqat, I.Karimov, Qoratosh, Samarqand Darvoza, Beruniy koʻchalari orqali ikki taraflama;
46, 53 va 91-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakati A.Navoiy, Furqat, I.Karimov, Qoratosh, Koʻkcha Darvoza koʻchalari orqali ikki taraflama;
17-sonli avtobus yoʻnalishining harakati A.Navoiy, Sebzor, A.Qodiriy koʻchalari orqali va oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda bir taraflama (“Chorsu savdo markazi” soʻnggi bekatigacha bormagan holda);
43-sonli avtobus yoʻnalishining harakati A.Navoiy, Furqat, I.Karimov, Qoratosh, Samarqand Darvoza koʻchalari orqali va oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda bir taraflama;
196-sonli avtobus yoʻnalishining harakati Furqat koʻchasidan Olmazor, A.Navoiy, Furqat, I.Karimov, Furqat koʻchalari orqali va oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda bir taraflama (“Gulobod koʻchasi” soʻnggi bekatigacha bormagan holda);
27 va 146-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakati Koʻkcha Darvoza koʻchasidan Beruniy, Samarqand Darvoza, Qoratosh koʻchalari orqali va oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda bir taraflama tashkil etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q