Jamiyat
Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov va Angor tumani prokurori suhbati aks etgan audioyozuvlar tarqaldi. Viloyat hokimligi bu boʻyicha munosabat bildirdi.
Unga koʻra, ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolovning Angor tumani prokurori bilan boʻlib oʻtgan muloqoti, deya aytilayotgan audiosuhbat turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, audiomaterial shu yilning fevral oyida hokimlik soatida boʻlib oʻtgan muhokamadan kesib olinib, boshqacha talqin qilingan.
Asl holatda yigʻilishda kun tartibiga qoʻyilgan masalalar muhokamasi jarayonida viloyat rahbari Angor tumani sektor rahbarlaridan tumanning investitsiya, eksport va soliq tushumlari boʻyicha yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklarini tanqidiy muhokama qilib, tanbeh bergan. Shu jumladan, tuman prokuroriga ham. Mazkur yigʻilish tanqidiy ruhda oʻtganligi sababli viloyat hokimi asabiy holatda gapirishga majbur boʻlgan.
“Agar ushbu yigʻilish jarayonidan kesib olinib montaj qilingan va turlicha talqin etilayotgan audiomaterialdagi holatlar oʻrganish natijasida qonunga xilof deb topilsa, qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqilishiga tayyorligini maʼlum qilamiz”, deyiladi munosabatda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q