Jamiyat
Bugun, 18-avgust kuni soat 09:40 da Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi koʻp qavatli uylarning 5-qavatida joylashgan xonadon yonib ketdi.
Toshkent shahar FVBning maʼlum qilishicha, voqea joyiga 3 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 09:45 da yetib borib, yongʻin soat 09:56 da qurshab olingan va soat 09:58 da oʻchirilgan.
Yongʻin natijasida xonadonning ayvon (balkon) qismini taxminan 18-20 kv.m maydonda ichki, shift qismi va uy-jihozlari yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yongʻin qoʻshni xonadaonlarga oʻtib ketishning oldi olingan.
Yongʻin oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok boʻlish holatlari yoʻq.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
109842
Jamiyat
94201
Jamiyat
90025
Jamiyat
73214
Jamiyat
//
Izoh yo‘q