Jamiyat
Shu yilning 15-iyuli Antaliya - Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilgan NU-372 reysi yoʻlovchilari S.L., S.M., A.Sh., K.T. va K.N. oʻrtasida mojaro yuz bergan.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xabariga koʻra, ular jamiyatda xulq-atvor qoidalariga qasddan beparvolik qilib, havo kemasi bortida bezorilik harakatlari bilan oʻzaro janjal keltirib chiqarib, bir-birlariga yengil tan jarohatlari yetkazishgan.
Mazkur holat yuzasidan IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi tergov boshqarmasi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q