Jamiyat
Aprel oyida Toshkent shahar Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi MCHJning mansabdor shaxslariga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyati ishi doirasida ushbu korxona rahbariga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllamaslik evaziga tamagirlik yoʻli 50 ming dollar pora sifatida olgan vaqtida qoʻlga olingandi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudida, ochiq sud majlisida tuman sudining sudyasi Anvar Ikromovning raisligida 1983-yilda tugʻilgan, ilgari Uchtepa tuman prokuraturasida tergovchi lavozimida ishlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi koʻrib chiqildi.
Toshkent shahar sudi matbuot xizmatiga koʻra, sudlanuvchi JKning 210-moddasi 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, JKning 45-moddasiga asosan 3 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida va prokuratura idoralarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 13 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q