Siyosat
Men onam bilan Haj va Umra safariga toʻlov qilib navbatimiz kelishini kutayotgan edik. Oʻzbek-xitoy vaksinasi bilan emlandik. Toʻliq emlanib boʻlganimizdan keyin yoʻllar ochilishi eʼlon qilindi. Baxtga qarshi biz emlangan vaksina bilan safarga chiqa olmas ekanmiz. Axir bu vaksina bilan koʻp insonlar emlandi.
Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov javob berdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar berdi.
«Oʻzbekiston-Xitoy hamkorligidagi vaksinani JSTTdan roʻyxatdan oʻtkazish uchun kerakli hujjatlar taqdim etilgan. Agar JSST ushbu vaksinani tan olib, eʼtirof etadigan boʻlsa bu masala tabiiyki yechiladi. Hozirda Diniy qoʻmita Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Saudiya Arabistoni rasmiylari bilan emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlarni tan olish masalasida muzokaralar olib bormoqda.
Ayni vaqtda Saudiya Arabistoni oʻzbek-xitoy vaksinasini tan olmayotgan boʻlsa, balki JSST gibrid vaksinatsiyani, yaʼni bitta vaksina olgandan keyin yana ikkinchi bir vaksinani olish va uni muddatini belgilashi mumkin boʻladi. Shunga qarab munosabat bildiriladi.
Lekin aholini emlash va fuqarolarda immun tizimini shakllantirish bu tibbiyotning vazifasi, uni tan olinishiga erishish vazifasi Tashqi ishlar vazirligi va Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning zimmasida boʻlishi kerak», deyiladi Nurmat Otabekov javobida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q