Rossiyaga isiriq olib kirishga uringan Oʻzbekiston fuqarosi umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin

Saqlash
17:19 / 11.08.2022 933 0

Novorossiysk bojxonachilari Oʻzbekistondan kelgan konteynerdan Rossiyada giyohvandlik moddasi hisoblangan bir tonnadan ortiq isiriqni aniqladi. Bundan xabari boʻlmagan joʻnatuvchi shaxs umrbod qamoq jazosi va million rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.

 

Oʻzbekistondan Novorossiysk portiga kelgan konteynerda rossiyalik bojxonachilar bir tonnadan ortiq isiriq topdi. Keyinchalik u yuk kemasida Yaqin Sharq davlatlaridan biriga yuborilishi kerak edi, deb xabar berdi “Kuban 24” telekanali.

 

Konteynerda isiriqdan tashqari, quritilgan mevalar, naʼmatak, idish-tovoq va zigʻir yogʻi ham bor edi.

 

“Bojxona koʻrigidan oʻtkazish chogʻida keyingi tadqiqotlar uchun quritilgan oʻsimlikdan namunalar oldik. Ekspertiza shuni koʻrsatdiki, «garmala” koʻp yillik oʻt oʻsimligi tarkibida Rossiya Federatsiyasida nazorat qilinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari roʻyxatiga kiritilgan “garmin” giyohvandlik moddasi bor», - dedi Novorossiysk bojxona posti boshligʻi Vadim Pronin.

 

Kontrabanda fakti boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Yukni yuborgan shaxs umrbod qamoq jazosi va million rublgacha jarimaga tortilishi mumkin. 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//