Jamiyat
Mamlakatimizda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qoʻlga kiritgan, shuningdek, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etib, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalangan hamda yashil maydonlarni kengaytirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus koʻrsatgan fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida “Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni taʼsis etildi.
Koʻkrak nishonini har yili 5-iyun - Butunjahon atrof muhit kuni arafasida tantanali ravishda berib boriladi.
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q