Jamiyat
Hukumatning tegishli qarori bilan Oʻzbekistonda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi va uning hududiy tuzilmalarida doimiy faoliyat yurituvchi jamoatchilik tuzilmasi – “Oqila ayollar” harakati tashkil etildi.
Yoshlar oʻrtasida oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti hamda “Oila – muqaddas” tushunchasini keng targʻib qilish harakatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Harakat va uning boshlangʻich guruhlari tarkibiga kiritilgan faol va tashabbuskor ayollar amalga oshirgan ishlarining natijadorligiga koʻra homiylik xayriyalari hisobidan ragʻbatlantirib boriladi.
Bunda faol va tashabbuskor ayollar faoliyati natijalari boʻyicha davlat mukofotlari, “Moʻtabar ayol”, “Mahalla iftixori”, “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni va boshqa esdalik, koʻkrak nishonlari, idoraviy mukofotlarga tavsiya etilishi, sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berilishi mumkin.
Har bir mahallada 15 nafar faol va tashabbuskor ayollardan iborat Harakatning boshlangʻich guruhlari shakllantiriladi.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109960
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73397
Jamiyat
//
Izoh yo‘q