Jamiyat
Samarqand va Toshkent viloyatlari hamda poytaxtda odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzgani uchun besh nafar sudbyaning vakolati muddatidan oldin tugatildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashining kecha, 9-avgust kuni oʻtkazilgan yigʻilishida qaror qabul qilingan.
Muhokamalar yakunida Kengash qarori bilan:
• Samarqand viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudining sudyasi S. Tursunov;
• Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontahur tuman sudining sudyasi A. Yuldashev;
• Toshkent viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Olmaliq shahar sudining sudyasi B. Joʻrabekov yozma arizalariga koʻra;
• Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlari boʻyicha sudyasi I. Xakimova odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzganligi uchun;
• Samarqand viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Payariq tuman sudining raisi Sh.Sharipov vafot etganligi sababli lavozimlaridan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
111387
Jamiyat
94592
Jamiyat
90555
Jamiyat
74883
Jamiyat
//
Izoh yo‘q