Ilm-fan
Oʻzbekistonda eng ommabop messenjerlar roʻyxati quyidagicha:
Datareportal.com maʼlumotlariga koʻra Oʻzbekiston aholisining qariyb 70 % qismi internet foydalanuvchisi hisoblanadi. Aholining 18,3 % qismi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishadi.
Oʻzbekistonda foydalanuvchilar tomonidan eng koʻp Instagram ijtimoiy tarmogʻidan foydalaniladi. Hozirgi kunda ushbu tarmoqdan foydalanuvchilar soni 4,8 mln.dan ortiq hisoblanadi. Foydalanuvchilarning 34,4 % qismi ayollar. Foydalanuvchilarning asosiy qismi yoshlarni (18-35 yosh) tashkil etadi.
«Oʻzbekistonda ham milliy messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar yaratish borasida turli ishlar olib borilgan. Kun.uzʼga koʻra 2016-yilda davra.uz milliy ijtimoiy tarmogʻi yaratilgan hamda bugungi kundagi obunachilari soni 22,5 ming kishini tashkil etadi. 6 yillik bu koʻrsatkich tarmoqning ommalasha olmaganligini koʻrsatadi.
Bundan tashqari 2016-yilda “Uchar” deb nomlangan tarmoq ham paydo boʻlgan va ommalashmagan. Bundan tashqari 2018-yilda “UMS” MCHJga tegishli UzChat messenjeri ishga tushirilgan, ammo ommalashmagan. 2011-yilda muloqot.uz messenjeri ham yaratilib, 2018-yilda toʻxtatilgan. Yaratilgan milliy messenjerlarning ommalashmaslik sabablari sifatida asosan kiberxavfsizlik, maʼlumotlarning ishonchli saqlanishi hamda barqaror ishlash qobiliyati mavjud emasligini koʻrish mumkin. Koʻplab yaratilgan platformalar uy sharoitidagi yoki ofis serverlariga oʻrnatilgan va foydalanuvchilar soni bir necha mingtaga yetganida esa faoliyatida uzilishlar kuzatilgan. Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar yaratishda mana shu omillarga alohida eʼtibor berilmoqda», deyiladi Innovatsion rivojlanish vazirligi axborotida.
Oʻzbekistonda jami 24,1 mln. nafar internet foydalanuvchilari mavjud. Ushbu raqamlar yiliga oʻrtacha 1,4 % ga oʻsmoqda. Bundan tashqari aholining 28,5 % qismi 18-35 yosh oraligʻida boʻlib, ijtimoiy tarmoqlar, jumladan messenjerlardan faol foydalanishadi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q