Jamiyat
Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi sohasiga bagʻishlangan yangi innovasion telekanal tashkil etiladi. Telekanal “Agro TV” deb nomlanib, unda agrosanoat sohasiga tegishli maʼlumotlar toʻliq yoritib boriladi.
Loyiha asoschilarining maʼlum qilishicha, “Agro TV” telekanalining asosiy maqsadi mamlakatimiz qishloq xoʻjaligini sektorini mutlaqo boshqa, yangi va zamonaviy tomondan ochib berish.
Shuningdek, media texnologiyalarning zamonaviy usullari va tendensiyalaridan foydalanilgan holda, mahalliy tomoshabin hamda xorijiy investorlarni goʻsht va sut, qandolat mahsulotlari, meva-sabzavot, paxta, bugʻdoy va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasidagi soʻnggi yangiliklar bilan tanishtirib borish.
Bundan tashqari, auditoriyani jahon va mahalliy qishloq xoʻjaligi sohasidagi yangiliklardan xabardor qilish, tomoshabinga bu sohadagi xalqaro tajriba, innovasiyalar, nou-xao, shuningdek, yetakchi mahalliy va xorijiy ekspertlarning fikrlari bilan tanishish imkoniyatini berish.
“Agro TV” telekanali oʻzbek, rus va ingliz tillarida efirga uzatiladi. Telekanal qamrovi Oʻzbekistonning barcha viloyatlarini oʻz ichiga oladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q