Jamiyat
8-avgust kunidan boshlab Oʻzbekistonda OTMlarga kirish test sinovlari boshlandi. Birinchi kunning oʻzidayoq Fargʻona viloyatida davlat imtihoniga telefon bilan kelganlar aniqlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda kimyo fanidan test savollarining ayrim naʼmunalari tarqaldi. Davlat test markazi bunga izoh berib, “Archa bayram” boshlanmasdan yakunlanganini maʼlum qildi.
Unda aytilishicha, kimyo fanidan raqami koʻrinmagan test topshiriqlari kitobi 8-avgust kuni oʻtkazilgan test sinovlariga taalluqli. Imtihonga shuncha tekshiruvlarga qaramay, telefon olib kira olgan abituriyent test sinovi vaqtida undan foydalanayotganida dalolatnoma asosida chetlashtirilgan.




Abituriyent testga telefon olib kirishni uddalasa, Davlat test markazi ularni aniqlab, chetlatishni uddalaydi, deya taʼkidladi DTM. Markaz barchasi nazoratda ekanini koʻrsatib berishi hamda jarayonlar shaffof va adolatli oʻtishiga ishontirmoqda.
Qolaversa, matematika fanidan test topshiriqlari aks etgan, lekin test topshiriqlari raqami koʻrinmagan test topshiriqlari kitobi esa diagnostik test sinovlariga oid.
“Mazkur test topshiriqlari kitobi 8-avgust (bugun) kuni oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalarinig bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli emas”, — deyiladi xabarda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
110083
Jamiyat
94316
Jamiyat
90181
Jamiyat
73516
Jamiyat
//
Izoh yo‘q