Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda 30-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Nishon tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Erkin Boboqulov oʻzi boshqargan (70 040 DAV) xizmat mashinasida piyodani urib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holatga Qashqadaryo viloyati IIB munosabat bildirib, voqea 30-iyul kuni soat taxminan 23:50 larda xalqaro ahamiyatdagi A-380 avtomobil yoʻlining 12 kilometrida sodir boʻlgan.
Erkin Boboqulov. Foto: Nishon tuman hokimligi.
“Qarshi tumani „Taxtapul” MFY hududida haydovchi B.E. (Boboqulov Erkin) boshqaruvida boʻlgan „Lacetti“ rusumli avtomashina bilan yoʻlni piyodalar oʻtishi uchun moʻljallanmagan joyidan kesib oʻtayotgan fuqaro Y.A.ni urib yuborgan», — deyiladi xabarda.
Tarmoqlarda tarqalgan Qarshi tuman IIB boshligʻi N.Ovlayevning Qashqadaryo viloyat IIB boshligʻi Sh. Satvoldiyevga bergan maʼlumotnomasida YTH ishtirokchilari bir-biriga notanish boʻlganligi va piyoda shifoxonaga shaxsi nomaʼlum murda sifatida olib borilgani qayd etilgan.
Murda biometrik identifikatsion bazadan tekshirilganda «Aralovul» MFYda yashovchi 1973-yilda tugʻilgan Akrom Yoʻldoshev ekanligi aniqlangan.
Viloyat IIB xabarida esa, piyoda Y.A. tan jarohati olib shifoxonada vafot etganligi aytilgan
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning maʼlum qilishicha, holat Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bu modda doirasida gumondor muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q