Oʻzbekistonda ushbu haftada kuchli issiq kutilmaydi

Saqlash
20:30 / 08.08.2022 719 0

“Oʻzgidromet” respublika boʻyicha 8—12-avgustga ob-havo prognozini taqdim etdi. Unga koʻra, ushbu haftada kuchli issiq kutilmaydi.

 

Ish haftasi davomida Oʻzbekiston hududi boʻyicha avgust oyi uchun nisbatan qulay ob-havo sharoiti saqlanib turadi. Quruq va biroz issiq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Faqat respublikaning ayrim togʻli hududlarida momaqaldiroqli qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

 

Havo harorati kunduz kunlari asosan 31-34 daraja atrofida boʻladi. Bu avgust oyining birinchi yarmi uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlardan biroz pastdir. Faqat haftaning eng oxiriga kelib, harorat 35-38 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda.

 

Respublikaning janubida va choʻl zonalarida ayrim kunlarda baʼzi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha chang-toʻzonlar bilan kuchayishi kutilmoqda.

 

8-avgustda Namangan, Fargʻona viloyatlarining togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//