Jamiyat
Fargʻona viloyatida mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligiga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi tomonidan Soʻx tumanida shunday tadbir koʻtarinki ruhda tashkil etildi.
Unda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hududiy boʻlinmalari rahbarlari, shoir va yozuvchilar, targʻibotchilar ishtirok etishdi.
Tuman madaniyat markazida mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, faol xotin-qizlar, maktab rahbarlari va tadbirkorlar ishtirokida “Soʻx tumani: maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi islohotlar samaradorligi” mavzusida amaliy koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Fargʻona viloyat boʻlimi rahbari Maʼsudjon Sulaymonov, “Maʼrifat” targʻibotchilar guruhi rahbari Shavkat Toʻychiyevlarning maʼruzalari, fikr-mulohazalari tinglandi. Ochiq va samimiy muloqot davomida seminar ishtirokchilarining faolligi sezilib turdi. Oldinda kutib turgan dolzarb vazifalar xususida kelishib olindi.
– Balandparvoz gaplardan voz kechish payti keldi, tezroq amaliy ishlarga oʻtish, har bir mahalla, har bir xonadonga kirib borib, odamlar qalbiga yoʻl topish, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, yoshlar ongi va shuuriga salbiy taʼsir etayotgan vayronkor gʻoyalarga qarshi kurashish, mahalla, maktab va oila hamkorligini yuqori bosqichga olib chiqish kerak. Bu ishlarda mahalla faollari, oqsoqollar, ziyolilar va maʼnaviyat targʻibotchilarining oʻrni katta, – dedi M.Sulaymonov.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q