Fargʻonada koʻp yillik daraxtlar kesib tashlangani maʼlum boʻldi

Saqlash
17:38 / 08.08.2022 699 0

Fargʻonada daraxtlar elektr tarmoqlari korxonasi ishchilari tomonidan ayovsiz kesilayotgani xabari tarqaldi. 

 

Ekologiya boshqarmasi xabarida taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston tumani “Qirqketmon” MFFda Oʻzbekiston tuman Elektr tarmoqlari xodimlari tomonidan, shamol esishi natijasida elektr simiga tegib, inson hayoti va sogʻligiga xavf solayotgan manzarali va mevali daraxtlarni hech qanday ruxsatnomasiz oʻzboshimchalik bilan kesilayotgani aniqlangan. Xodimlar tomonidan holat joyida toʻxtatilib, qolgan daraxtlar saqlanib qolingan.

 

Yuqoridagi holatga koʻra, noqonuniy ravishda 48 toʻp koʻp yillik qaragʻay, 9 tup shumtol va 30 tupdan ortiq mevali daraxtlarni ostidan kesib tashlashgan.

 

Prezidentning 2021-yil 30-dekabrdagi 46-sonli farmonini 2-a-bandiga asosan, daraxt va butalarni noqonuniy kesish va shikastlantirish bilan oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari ikki baravarga oshirilgan holda qoʻllanilib, 43 mln 410 ming soʻmlik zarar qayta hisoblanganda 856 mln 500 ming soʻmni tashkil qilgan.

 

Hozirda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, prokuratura organlariga taqdim etilgan, deyiladi boshqarma xabarida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//