Jamiyat
“Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va boshqaruvchi tashkilotlarni moliyaviy sogʻlomlashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2022-yil 1-sentyabrgacha muammoli kredit qarzi bor uy-joy mulkdorlari shirkatining (JEK) boshqaruv usulini oʻzgartirish boʻyicha umumiy yigʻilish qarori qabul qilinsa, ular davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.
Bunda:
muammoli bank kreditlari bor shirkatlar bankning xulosasi olingan taqdirda tugatilishi mumkin;
tugatilgan yoki boshqarish usuli oʻzgartirilgan shirkatlar boshqaruvidagi koʻp kvartirali uylarni boshqarish uchun, qoida tariqasida, reytingi yuqori boʻlgan boshqaruvchi tashkilotlar jalb qilinadi;
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi jalb qilingan boshqaruvchi tashkilot faoliyatini, xizmatlar sifatini 6 oy monitoring qiladi va koʻp kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalariga rioya qilmagan boshqaruvchi tashkilotlarga choralarni qoʻllaydi.
2022-yil 1-noyabrdan:
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini, ular elektron reyestrga kiritilgandan soʻng amalga oshiradi;
uylarni qurish loyiha hujjatlarida, kadastr pasportida umumiy foydalanishdagi mulk roʻyxati aniq koʻrsatiladi;
qurilishi tugallangan koʻp kvartirali uylarga ruxsatnoma berilganidan soʻng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni kamaytirish va tutash yerda qoʻshimcha obyekt qurish uchun oʻzgartirish kiritish taqiqlanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q