Jamiyat
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming soʻmdan 1,5 mln soʻmgacha) jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.
Mazkur huquqbuzarliklar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
“Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunda advokatlar iqtisodiy, fuqarolik va maʼmuriy ish yuritilayotganda davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan ekspertiza oʻtkazilishini soʻrash huquqiga ega ekanligi belgilandi.
Shuningdek, advokat ekspertiza xulosasini ish materiallariga qoʻshib qoʻyilishini va sud tomonidan ushbu xulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilishi mumkin.
Sud ekspertlik faoliyati bilan nodavlat tashkilotlar shugʻullanishiga ruxsat berilganligi munosabati bilan Fuqarolik protsessual kodeksi va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksga nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tushunchasi kiritildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q