Jamiyat
Toshkentdagi “Davr bank”dan 15 milliard soʻm oʻgʻirlaganlar ushlandi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 7-iyul kuni 1976-yilda tugʻilgan S.Sh. oʻzining jinoiy sheriklari bilan oʻzaro til biriktirib, poytaxtning “Davr bank” XATB tizimiga ruxsatsiz kirish orqali 15 milliard soʻm miqdordagi pullarni oʻzining jinoiy sherigi 2000-yilda tugʻilgan N.Sh.ning nomiga ochilgan plastik kartalarga oʻtkazgan. Soʻng N.Sh. ushbu pullarning 11.453.244.343 soʻm miqdorini noqonuniy oʻzlashtirgan. Yechib olingan pullar jinoiy guruh aʼzolari oʻrtasida taqsimlangan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (Juda koʻp miqdorda oʻgʻrilik) alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Toshkent shahar IIBB tomonidan olib borilgan tezkor tergov harakatlari natijasida 11 nafar fuqarolar gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan. Shuningdek, ikki nafar gumonlanuvchilar 1986-yilda tugʻilgan Umarov Sanjar Ravshanovich hamda 1988-yilda tugʻilgan Abduraxmonov Eldor Shuxratovichlarni ushlash choralari koʻrilmoqda. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q