Olimlar saratonning 50 turini erta aniqlaydigan test ishlab chiqishdi

Saqlash
11:28 / 14.10.2021 1273 0

Angliyalik olimlar simptomlar paydo bo‘lishidan ancha oldin saratonning 50 turini aniqlaydigan test ishlab chiqdilar. Shifokorlarning fikricha, bu texnologiya onkologiya sohasida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.

Bugungi kunda saraton kasalligi biopsiya, ya’ni patologik markazdan hujayralar yoki to‘qimalarni olib, ularni mikroskop ostida tekshirish orqali aniqlanadi. Ammo o‘sma kasalliklariga shubha mavjud bo‘lgan hollarda biopsiya olinadi.

Yangi usul allaqachon «suyuq biopsiya» nomini olgan. U qondagi saraton hujayralarining DNK fragmentlarini aniqlashga asoslanadi. Odatda bunday fragmentlar o‘simta paydo bo‘lganda va qon tomirlari bilan o‘sgan paytda, lekin KT, ultratovush va MRTda hali ko‘rinmaganda aniqlanadi.

Yangi testning keng ko‘lamli sinovlari allaqachon boshlangan, unda 50 yoshdan 77 yoshgacha bo‘lgan 40 ming ko‘ngilli ishtirok etmoqda. Mutaxassislar ularning qon tahlilini o‘tkazadilar va bir yildan so‘ng, keyin yana ikki yildan so‘ng, qon tahlili qayta o‘tkaziladi.

Agar testning samaradorligi isbotlasa, ro‘yxatdan o‘tkaziladi va shifokorlar uni kundalik amaliyotda qo‘llashlari mumkin bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//