Jamiyat
AQSH Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi 3-avgust kuni Yerni magnit boʻroni qoplashi haqida ogohlantirdi. Bu haqida “МИр 24” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, boʻron kuchi G1 sinfida, yaʼni xavflilik darajasi past boʻladi. Biroq, bunday hodisalar elektr tarmoqlari va sunʼiy yoʻldoshlarning ishlashiga taʼsir qilishi mumkin, shuningdek, Shimoliy qutb atrofidagi hududlarda Shimol yogʻdusini keltirib chiqarishi mumkin.
Magnit boʻroniga quyoshdan ajralib chiqqan shamol oqimi sabab boʻlmoqda. Bu keyingi 24-48 soat ichida geomagnit boʻronning paydo boʻlishi uchun sharoit yaratadi. Quyoshda 31-iyul kuni C9.3 chaqnashi sodir boʻlgani. C sinfidagi chaqnashlar kichik va Yerga taʼsir qilmaydi, ammo olimlar ularni kuzatishda davom etmoqda.
Magnit boʻroni inson organizmiga qanday taʼsir qilishi mumkin?
Mutaxassislarning fikriga koʻra, magnit boʻronlari, hatto oʻrta kuchga ega boʻlsa ham, inson salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. 16-yanvarda kutilayotgan “qizil” darajadagi boʻronlar hatto elektr nosozligi va aloqa muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. Magnit boʻronining salbiy taʼsirining eng keng tarqalgan koʻrinishlari quyidagilar:
– bosh aylanishi va bosh ogʻrigʻi;
– uyqu buzilishi;
– diqqatni jamlash bilan bogʻliq muammolar;
– qon bosimning buzilishi;
– surunkali kasalliklarning kuchayishi;
– tana ogʻrigʻi, shuningdek, boʻgʻimlardagi ogʻriqlar;
– ishtaha buzilishi va koʻngil aynish;
– holsizlik hissi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q