Iqtisod
Joriy yilning birinchi yarim yilligida Oʻzbekistonga jami 6,5 mlrd dollarlik transchegaraviy pul oʻtkazmalari kirib kelgan. Bu haqda Markaziy bankning “Pul-kredit sharoitlari sharhi”da keltirilgan.
Qayd etilishicha, mamlakatga kirib kelgan pul oʻtkazmalari hajmi 2022-yilning II choragida sezilarli darajada oshgan va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,6 barobarga oʻsib, 5,1 mlrd dollarni tashkil etgan.
Shuningdek, joriy yilning yanvar-iyun oylaridagi koʻrsatkich 2020-yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga yuqori boʻlgan hamda maʼlum jihatdan aholining isteʼmol va investitsion faolligini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Transchegaraviy pul oʻtkazmalarning keskin oʻsishi:
– rubl almashuv kursining dollarga nisbatan sezilarli darajada mustahkamlanishi;
– Rossiyadagi valyuta cheklovlari natijasida mehnat muxojirlarining pul oʻtkazmalarini norasmiy kanallar orqali emas rasmiy kanallar orqali yuborishga oʻtganligi;
– Rossiyaga naqd pulda eksport qiluvchi kichik va oʻrta biznes subyektlarining ham mablagʻlarini pul oʻtkazmalari kanallar orqali yuborilishi kabi omillar bilan izohlangan.
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112416
Jamiyat
95075
Jamiyat
91289
Jamiyat
75986
Jamiyat
//
Izoh yo‘q