Jamiyat
Avvalo… poytaxtimiz markazi “Tashkent city”da shunday yemakxona ochilgani haqidagi xabarni va uning rost ekanini tasdiqlovchi hayosiz suratlar eʼlon qilinganini eshitib... astagʻfirulloh, dilimga: “Ajdodlarimizdan eng ulugʻ meros boʻlgan imon-eʼtiqodimiz, milliy oʻziga xosliklarimiz, bu qadim yurtimizning dunyo afkor ommasi eʼtirof etgan donishmandlari, ulamolari xotirasiga va ularning xayrli ishlarini davom ettirishga bel bogʻlagan vatandoshlarimizga haqorat boʻlgan ayni reja kimdan chiqdiyu, uning yoʻllarini kim ochib berdi ekan?” degan achchiq savol oʻtdi. Alhazar, yalangʻoch qiz yoki yigit badanining turli joylariga qoʻyilgan taomni tanovul qilish – inson bolasi oʻz nafsi (ayni shayton minib olgan nafsi!)ga qul boʻlib shu qadar tuban tushishini tasavvur etish ham mushkul. Bu ishni bashariyat tarixi, insoniyat asrlar davomida misqol-misqollab yigʻib, avlodlariga qoldirgan eng bebaho maʼnaviy boyliklariga, madaniyatiga nisbatan tajovuz, haqorat desa boʻladi.
Dunyo mamlakatlari hayotida insoniyatni ezgulikka, taraqqiyotga, maʼnaviy yuksalish, bilimlarni egallashga chorlovchi, xayrli ishlar yoʻlini ochuvchi tajribalar behisobku! “Nima boʻlsa ham, choʻntakka pul tushsa boʻldi”, deb insoniylikning barcha fazilatlarini oyoqosti qilguvchi bunaqa nohalol kirdikorlar yoʻlini qatʼiyat bilan toʻsmogʻimiz, ularning kasridan jonu jigarlarimiz boʻlgan zurriyotlarimizni asramogʻimiz shart.
Anzirat ona
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q