“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni topshirildi

Saqlash
17:36 / 02.08.2022 718 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-iyuldagi “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarida koʻp yillar halol va samarali mehnat qilgan yurtdoshlarimiz “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlab kelinmoqda.

 

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi, tarix fanlari nomzodi Boʻri Qodirovga I darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

 

Boʻri Qodirov butun faoliyatini taʼlim-tarbiya, maʼnaviyat va maʼrifatga bagʻishlagan. Termiz va Sherobod akademik litseyi direktori, Termiz davlat universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida oʻqituvchi, kafedra mudiri, ilmiy boʻlim boshligʻi kabi lavozimlarda ishlagan. Keyingi yillardagi faoliyatini esa Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti bilan bogʻlagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//