Jamiyat
Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida oʻqituvchilarni majburiy mehnatga jalb etgan maktab direktori jarimaga tortildi. Bu haqida viloyat Bandlik bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toʻraqoʻrgʻon tumanida taʼtildagi maktab oʻqituvchilari majburiy ravishda obodonlashtirish ishlariga jalb etilayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi mazkur holat yuzasidan oʻrganish oʻtkazgan.
Unga koʻra, Toʻraqoʻrgʻon tuman XTBga qarashli 51-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktab direktori 2022-yil iyun hamda iyul oyilarida o'ndan ortiq maktab oʻqituvchilari va boshqa xodimlarni ishdan boʻshatish bilan qoʻrqitib, ularni maktab hududida obodonlashtirish ishlariga majburan jalb qilgani aniqlangan. Direktor Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-moddasi (mehnatga maʼmuriy tarzda majburlash) 1-qismiga asosan (15 million soʻm) jarimaga tortilgan.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jahon
Jahon
112323
Jamiyat
94994
Jamiyat
91118
Jamiyat
75883
Jamiyat
//
Izoh yo‘q